Dineyradan fotosuratlar va yangiliklar!
Maftunkor Dineyra ijodga sho'ng'ib ketgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. 2 albom ustida ish olib borayotgan Dineyraning "Jodu" taronasi yaqindagina "O'zbegim taronasi" radiosi orqali prem'era qilingan edi. Ushbu taronani siz Dineyraning rasmiy sayti www.dineyra.uz manzilidan ko'chirib olishingiz mumkin.
Dineyraning ikkinchi albomidan o'rin olajak qo'shiqlar, o'zbek, tojik va qozoq tillarda kuylanadi. Dineyra yangi klub yo'nalishidagi, raqsbop, sharqona ohanglarga boy taronasiga klip suratga tushirish niyatida. Mazkur qo'shiq nomi sir saqlanmoqda. Bugun siz uchun Dineyraning yangi fotosuratlarini e'tiboringizga tortiq etamiz.










| Joylashtirdi: Mirtohir Mirgulamov Sana: 18.10.2009 O’qishlar soni: 911 | |  | |
|