«Arsenal» guruhini «Arsenal» futbol klubiga aloqasi bormi?
TV kanallari orqali yaqin-yaqindan "Arsenal" nomi bilan ijod qilayotgan guruhning klipi namoyish etila boshlandi. Bugun biz ushbu guruh haqida qisqacha sizga ma'lumot berishga qaror qildik. "Arsenal" guruhi 2009 yil fevral oyida tashkil topgan.
"Arsenal" hozirda "Tarona Records" kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, albom ustida ish olib bormoqda. Qo'shiqlarni yozishda guruhga Xusan Sodiqov katta yordam bermoqda. Hozirda guruh yana bir yangi taronaga ishlangan klipini tomoshabinlarga taqdim etish niyatida. "Arsenal" guruhi bosh prodyuseri Abdugafurov Xurshid Abduraimovich. Savol tug'iladi. "Arsenal" guruhi Angliyaning mashhur "Arsenal" futbol jamoasi bilan aloqadormi? Mazkur savolga guruh a'zolarida tez orada javob olishga harakat qilamiz.
| Joylashtirdi: Mirtohir Mirgulamov Sana: 16.10.2009 O’qishlar soni: 677 | |  | |
|